Oqqo’rg’on anjirining siri nimada?

Farg’ona viloyatining Buvayda tumanida yetishtirilayotgan jannat mevasi deya ta'riflanadigan anjirning dovrug’i O'zbekistonda juda mashhur.

1471679
Oqqo’rg’on anjirining siri nimada?

 

Fargona viloyatining Buvayda tumanida yetishtirilayotgan jannat mevasi deya ta'riflanadigan anjirning dovrugi O'zbekistonda juda mashhur.

Uning o’zgacha mazasi, antiqa ko’rinishi barchaga manzur bo’ladi. Och sariq yoki siyohrang tusli bu mevalar vitamin va quvvatbaxsh moddalari bilan insonga salomatlik, go’zallik va yoshlik baxsh etadi.

Mutaxassislarning aytishicha, bu tansiq mevani uzilgan kunida iste'mol qilishning foydasi ko’proq. Anjir qoqi o’zining betakror ta'mi va shifobaxshligi bilan barcha uchun sevimli quruq meva bo’lib, tarkibida hatto eng zaiflashgan organizmni ham quvvatlantira oladigan mikroma'danlar bor. Ulug’ bobomiz Abu Ali ibn Sino “anjirning o’ziga xos tabiati bor. Shinnisining ta'siri asal ta'siriga o’xshaydi” deya uning shifobaxshligi haqida so’z yuritgan.

Buvayda tumanidagi “Oqqo’rg’on” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi azaldan ana shunday sarxil meva yetishtirish bilan shug’ullanadi. Aytishlaricha, oqqo’rg’onliklar xonadoniga mehmon bo’lib kelganlarni avvalo anjirzorlar bo’ylab sayohatga chorlash an'anaga aylangan. Anjirzor bog’larni oralagan kishi oltindek tovlanib, g’arq pishgan anjirning ta'mi va xushbuy iforidan bahramand bo’ladi, charchoqlarini unutadi, ko’nglini ko’tarinkilik, ulug’vorlik chulg’aydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Farg'ona , #anjir , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar