Buxoroda “Qovun sayli” boshlandi

Buxoroda mustaqillikning 29 yilligiga bag'ishlab an'anaviy “Qovun sayli” bayrami boshlandi.

1470917
Buxoroda “Qovun sayli” boshlandi

 

Buxoroda mustaqillikning 29 yilligiga bag'ishlab an'anaviy “Qovun sayli” bayrami boshlandi.

Har yili viloyat markazining Favvoralar maydonida katta tantana sifatida o’tadigan “Qovun sayli”ni bu yil Buxoro shahrining 11 ta hududida tashkil etishga qaror qilindi.

1996-yildan buyon o’tkazib kelinayotgan “Qovun sayli”da “Ko'kcha”, “Amiri”, “Novvoti”, “Bo’rikalla”, “Kampirchopon”, “Dahbedi”, “Sherozi”, “Toshloqi”, “Gulobi”, “Barginay” kabi o’ttizga yaqin bir-biridan xushxo’r navlar taqdim etilmoqda.

Saylning dastlabki kuni viloyatning barcha tumanlaridagi 197 ta fermer xo’jaligi tomonidan yetishtirilgan 1217 tonna qovun-tarvuz shaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi.

Bundan tashqari, tadbirda sarxil meva-sabzavotlar, asalarichilik mahsulotlari savdosi ham tashkil etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #qovun sayli , #Buxoro , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar