22-sentyabrda Xalqaro Izmir fil’m festivali boshlanadi

Festival doirasida nomzod fil’mlar Izmirning 30dan ortiq tumanida ochiq havoda ulkan ekranlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

1467279
22-sentyabrda Xalqaro Izmir fil’m festivali boshlanadi

 

Joriy yilning 22-26 sentyabr kunlari Xalqaro Izmir fil’m festivali o’z ishini boshlaydi.

Festivalning tashkiliy ishlar bo’yicha qo'mitasi ma’lum qilishicha, 2018 yildan buyon muntazam o’tkazilib kelinayotgan festival bu yil koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida amalga oshiriladi.

Festival doirasida nomzod fil’mlar Izmirning 30dan ortiq tumanida ochiq havoda ulkan ekranlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Festivalga bu yil ko’p qismli seriallar va dijital kinofil’m mahsulotlari ham kiritilgan. Festivalda namoyish qilingan fil’mlarga internet orqali xalq ovoz beradi va notarius tomonidan tasdiqlanib, eng yaxshi fil’mlar e’lon qilinadi.

Yuqori bal to’plagan fil’mlar “Oltin Artemis mukofoti” bilan taqdirlanadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar