Arxeologlar Turkiyada 1700 yillik haykalni topishdi

Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli qadimgi Perge shahri hududida arxeologlar ellinizm davriga oid 1700 yillik ayol haykalini topishdi.

1465220
Arxeologlar Turkiyada 1700 yillik haykalni topishdi

 

Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli qadimgi Perge shahri hududida arxeologlar ellinizm davriga oid 1700 yillik ayol haykalini topishdi.

Haykal joriy yilda mutaxassislarning Pergedagi birinchi topilmasi bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, haykal ikki qismdan — ayolning singan boshi va tanasidan iborat.

Pergedagi qazilma ishlariga Istanbul universiteti arxeologiya bo‘yicha professor Sedef Kokay Kepche rahbarlik qilmoqda. Milodiy III asrga taalluqli haykal restavratsiyadan so‘ng Antaliya Arxeologiya muzeyiga joylashtiriladi.

Pergeda arxeologik qazilma ishlari 1946-yildan beri Istanbul universiteti tomonidan muntazam amalga oshirib kelinmoqda. 2009-yilda qadimiy shahar YuNESKO butunjahon merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #qazilma , #haykal , #Antaliya , #Turkiya

Aloqador xabarlar