120 metr balandlikdan otilib tushuvchi Sangardak sharsharasi...

Sangardak sharsharasi – Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani markazidan qariyb 55 kilometr uzoqlikda, togʻlar orasidagi Sangardak qishlogʻida joylashgan.

1462726

Sharshara yer sathidan 120 metr balandlikdagi togʻ qoyasidan otilib tushadi. Uning suvi yoz faslida koʻpayadi, kuzda esa kamaya boshlaydi. Mahalliy aholining aytishicha, uning zilol suvi baland togʻlardagi muzliklarning erishidan hosil boʻladi.

Oʻziga xos ajib tabiati, mayin esuvchi salqin shabadasi bu joyni kishilarning sevimli ziyorat maskaniga aylantirgan. Sharsharaning zilol suvidan bahramand boʻlish, oftob deyarli tushmaydigan xushhavo manzarani tomosha qilish istagidagi sayyohlarning sanogʻi yoʻq.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Sangardak sharsharasi

Aloqador xabarlar