Bularni bilasizmi 27-qism

Turkiyada 486ta moviy bayroqli plyaj borligini bilarmidingiz?

1445171
Bularni bilasizmi 27-qism

 

 

Moviy bayroq - plyaj va portlarga beriladigan xalqaro mukofot… Ushbu mukofot nafaqat plyajlar uchun, balki portlar va yaxtalar uchun ham beriladi. Moviy bayroq plyaj va portlardagi atrof-muhit obodonligi, dengiz suvining tozaligi, plyaj yoki portlardan foydalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning xavfsizligini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarga ega ekanligidan dalolat beradi.

Daniya poytaxti Kopengagendagi Xalqaro atrof-muhit ta’lim fondining 2020 yilgi hisobotiga ko’ra, Turkiya Ispaniya va Gretsiyadan so’ng dunyoning eng ko’p moviy bayroqli plyajlariga ega bo’lgan ichinchi davlati deb topildi.

Joriy yilda Turkiyada mukoqot olgan plyajlar soni 486taga yetdi. Shuningdek, 22ta port va 7ta yaxta moviy bayroq mukofotiga sazovor bo’ldi. Turkiyadagi moviy bayroqli plyajlar va portlar asosan Antaliya, Mug’la, Aydin, Izmir, Balikesir, Istanbul, Samsun, Chanoqqal’a, Kirklareli, Kojaeli, Duzje, Ordu, Mersin va Van shaharlarida joylashgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xalqaro mukofot , #Moviy bayroq

Aloqador xabarlar