Norin daryosi haqida nimalarni bilasiz?

O'zbekistonning Namangan viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Norin daryosi Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Daryoning uzunligi 807 km, havzasining maydoni esa 59,9 ming kilometr kvadratdan iborat.

1431092
Norin daryosi haqida nimalarni bilasiz?

 

O'zbekistonning Namangan viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Norin daryosi Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Daryoning uzunligi 807 km, havzasining maydoni esa 59,9 ming kilometr kvadratdan iborat.

Daryo Norin shahridan 44 km sharqda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida Norin Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirdaryoni hosil qiladi.

Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora torayib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻrgʻon shahridan oʻtgach, kengayib konussimon yoyilmadan oqadi.

Norin qor-muzlik suvlaridan toʻyinadi. Katta Fargʻona, Katta Andijon, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. Norin juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uchqoʻrgʻon GES, Toʻqtaqul GES qurilgan. Norin boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻrgʻon shaharlari joylashgan.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Norin daryosi

Aloqador xabarlar