Bularni bilasizmi 23-qism

Turkiya tarixidagi ilk opera Mustafo Kamol Otaturkning shaxsan o’zi tomonidan bastalanganligini bilarmidingiz?

1427053
Bularni bilasizmi 23-qism

 

Otaturk san’at va san’atkorga hamisha katta hurmat ko’rsatib kelgan. Turkiya Respublikasi tashkil topgan yillarda nafaqat sanoat, iqtisodiyot va ta’lim-tarbiya kabi sohalarida, balki san’at sohasida ham juda katta islohotlar amalga oshirilgan.

1934 yili Otaturk bir opera bastalanishini istaydi. Bu istakning o’ziga xos bir sababi bor edi. O’tmishda yillardir mazhab ayrimi tufayli dushmanlarcha munosabatda bo’lgan qo’shni davlat Eronning rahbari Rizo Shox Pahlaviy Turkiyaga taklif qilinadi. Tashrif kuni aniq bo’lishi bilanoq Otaturk Eron shoxi sharafiga ziyofat berilishini va bir opera bastalanishini buyuradi. Opera asarini o’zi tanlaydi. Operaning mavzusi Eron adabiyotining atoqli fors shoiri Firdavsning mashhur “Shoxnoma” asaridan olinadi. So’zi Munir Hayri Egeli tomonidan yoziladi. Operani bastalash vazifasi esa Ahmet Adnan Saygunga topshiriladi. Saygun bu asarni taxminan ikki oyda tamomlaydi.

Ushbu O’zso’y operasi 1934 yil 19 iyunda ilk marta sahnada ijro etilgan.


Tanlangan kalimalar: #san'at , #Pahlaviy , #Eron , #opera , #Mustafo Kamol Otaturk

Aloqador xabarlar