Noyob sanʼat asarlari jamlangan maskan...

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi – Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey boʻlib, unda dunyoning turli mamlakatlariga oid noyob sanʼat asarlari saqlanib, namoyish etib kelinadi.

1418937
Noyob sanʼat asarlari jamlangan maskan...

 

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi – Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey boʻlib, unda dunyoning turli mamlakatlariga oid noyob sanʼat asarlari saqlanib, namoyish etib kelinadi.

Ushbu sanʼat maskaniga 1918-yilda Toshkent shahridagi Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan.Keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924-yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935-yildan buyon esa Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va haykaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar kabilar) negizida vujudga kelgan.

Muzeyda Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati, Rus sanʼati, Gʻarbiy Yevropa sanʼati, Xorijiy Sharq xalqlari sanʼati boʻlimlari, xazina, taʼmirlash ustaxonasi, fotolaboratoriya tashkil etilgan. Ularda saqlanayotgan har bir asar uzoq oʻtmish hamda bugundan soʻzlaydi.

Mamlakat sanʼatiga oid ganch, yogʻoch va tosh oʻymakorligi namunalari, zargarlik, gilamdoʻzlik, kashtachilik, kulolchilikka mansub qimmatli buyumlar Oʻzbek xalqining qadimiy va boy amaliy bezak sanʼati haqida mukammal maʼlumot beradi.

Qolaversa, tasviriy sanʼat dargʻalarining eng sara asarlaridan tortib, Rossiya, Hindiston, Birma, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyadan keltirilgan suratlar, bronza chinni, fil suyagidan ishlangan yuzlab buyumlardan iborat toʻplamlar bu yerga keluvchilarda katta taassurot qoldiradi.



Aloqador xabarlar