Tutning ikki xil turi isteʼmolga yaroqli hisoblanadi

Tut daraxti Markaziy Osiyoga Xitoydan taxminan eramizdan avval 2-3 ming yillarda keltirilgan.

1410379
Tutning ikki xil turi isteʼmolga yaroqli hisoblanadi

 

Tut daraxti Markaziy Osiyoga Xitoydan taxminan eramizdan avval 2-3 ming yillarda keltirilgan. Dunyoda tutning jami 16 xil turi bor. Bu mevali daraxtning, asosan, ikki xil turi isteʼmolga yaroqli hisoblanadi. Bu oq tut va shotut (qora tut).

Oq tutning vatani Xitoy, shotutning esa afsonaviy Shom davlati — Eron va Afgʻoniston hisoblanadi.

Tut aprel oyida gullaydi. Gullari mayda koʻrimsiz. Barglari tuxumsimon yoki buyraksimon shaklli boʻladi.

Mevasi May-Iyun oylarida yetiladi. Tut toʻliq yetilgan, sershira, yangi uzilgan holda yoki quritilgan (tut mayizi) holida isteʼmol qilinadi. Yana tutdan turli xildagi pishiriqlar, murabbo va marmeladlar, qiyom, shinni tayyorlanadi.

Ayrim xalqlarda esa mevadan shirasi siqib olinib, qolgani quritilib, qahva singari damlab ichiladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Markaziy Osiyo , #tut

Aloqador xabarlar