Bularni bilasizmi 19-qism

Gidrellez - Turkiya va Makedoniyaning mushtarak nomoddiy madaniy merosi ekanini bilarmidingiz?

1410233
Bularni bilasizmi 19-qism

 

 

Gidrellez Xizir va İlyos nomlarining birlashuvidan hosil bo’lgan. Turkiyada Xizir İlyos, Aderlezi, Kakava, Haftamal, Egrilje, Egrija va Makedoniyada Gidrellez, Edirlez, Erdelezi, Herderlezi nomlari bilan ataladi. Xizir va İlyosning tuproq va suv qo’riqchilari sifatida insonlarga yordam berishiga va har yili 6 may kuni uchrashishiga ishoniladi. Shu sababli, 6 may – tabiatning uyg’onishi sifatida qabul qilinib, “Bahor kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. O’tkaziladigan turli marosimlarda yilning mo’l-ko’lchilik, qut-baraka, sog’lik, tinch-totuvlik va bahtiyorlik bilan o’tishiga tilak bildiriladi.

“Bahor bayrami: Gidrellez” 2017 yili Janubiy Koreyada amalga oshirilgan UNESCOning nomoddiy madaniy meros bo’yicha hukumatlararo qo’mitasi anjumanida Turkiya va Makedoniya hamkorligidagi ko’p millatli an’ana sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.

 



Aloqador xabarlar