Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi, yangi stipendiya dasturi boshlatdi

Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi, dissertatsiya yozgan va buning uchun tadiqoqt ishlari olib borgan talabalarga atab yangi stipendiya dasturi boshlatdi.

1399419
Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi, yangi stipendiya dasturi boshlatdi

Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB), chet elda yashagan turk bolalari uchun turk tili o‘qtuvchisi tayyorlash va magistratura, doktorantura dasturi bo‘yicha ta’lim olgan fuqarolarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida ikki boshqa loyiha ostida stipendiya bermoqchi ekanligini e’lon qildi.

Mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra yuqorida nomi tilga olingan yetakchilik, chet elda yashagan yosh fuqarolarning akademik, ijtimoiy va madaniy sohalari ustida muvaffaqiyatli ish olib borishlari uchun turli dasturlar uyushtirmoqda.  

Chet elda yashagan bolalarning turk tili va turk madaniyatini o‘rganishiga hissa qo‘shish niyatida ochilgan yetakchilik, chet elda magistratura va doktorantura dasturi bo‘yicha ta’lim olgan fuqarolarni ham qo‘llab - quvvatlash niyatida.

Shu doirada Chet eldagi turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi chet elda yashagan turk bolalariga turk tilini o‘rgatish bo‘yicha magistratura dasturi va chet eldagi fuqarolarning doktorantura dasturi asosida olib borilgan dissertatsiya tadqiqotlarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida stipendiya dasturi boshlatdi.

Undan foydalanish uchun 15 - aprelidan 15 - iyungacha https://www.ytb.gov.tr/turkceylp/ va www.ytb.gov.tr/yvburslari manzillariga murojaat qilinishi mumkin.

Ushbu dasturga chet elda yashash huquqiga ega 40 yoshiga yetmagan Turk fuqarolari, moviy karta va ikki mamlakat fuqaroligiga ega shaxslarning murojaat qilish imkoni bor. Murojaati qabul qilingan nomzodlar Turkiyada ikki semestr ta’lim olganidan keyin ular istiqomat qilgan mamlakatdagi ta’lim markazlaridan birida tajriba almashish va dissartatsiya yozish jarayonini o‘z ichiga olgan 4 semestrni ham tamomlashi darkor.

Dasturga qabul qilingan talabalarning universitetda o‘qish haqqi yetakchilik tomonidan qoplanadi va nomzodlarga har oyda stipendiya berilib, uy-joy bilan ta’minlanadi.

Magistratura va doktorantura dasturi bo bo‘yicha ta’lim olgan fuqarolarga ham stipendiya imkoni mavjud.

 



Aloqador xabarlar