Bularni bilasizmi 8-qism
Musiqa bilan davolash ya’ni musiqaterapiyaning tarixi juda qadimga borib taqalishini va O’rta Osiyoda, keyinchalik Anadoludagi bir qator turk jamiyatlarida ushbu davolash usuli qo’llanilganligini bilarmidingiz?

Antik yunon madaniyatida musiqa obodning manbai deb hisoblangan va ruhni tarbiyalash, dardlardan forig’ bo’lish uchun qo’llanilgan. Qadimda O’rta Osiyoda turli kasalliklar shamanlar tomonidan musiqa yordamida davolanardi.
Turk-islom dunyosidagi musiqaterapiya faoliyatlari va ayniqsa shifoxonalarda musiqa yordamida muolaja metodlaridan foydalanish 9-asrda boshlangan va vaqt o’tishi bilan yana ham rivojlangan. O’rta asrda g’arbda ruhiy bemorlarni kasallik sifatida davolash o’rniga, ularga telba muomalasi ko’rsatilib, ularga nisbatan ishkanja qo’llanilgan bo’lsa, turkiylar buni ruhiy kasallik sifatida qabul qilib, ularni davolashga katta ahamiyat berishgan.
Musiqa – bu nafaqat biz miriqib tinglaydigan narsa bo‘libgina qolmay, balki og‘riqni yengillashtiradigan, stressni oladigan, o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradigan narsa hamdir.
Ibn Sino musiqa yo’li bilan ruhiy kasalliklarni davolagan, uning davolash metodlari Usmoniy davrida ham keng qo’llanilgan.
Musiqa bilan davolash kunimizda ham qo’llanilib kelinadi. Depressiya, stress, asabiylik, vasvasa, uyqusizlik, diqqatni to’play olmaslik, bosh, bo’yin, bel, muskul og’riqlari, diabet, giperaktivlik, o’rganish qiyinchiligi kabi muammolarni bartaraf etishda musiqaterapiya qo’shimcha muolaja sifatida qo’llanilmoqda.