Sarayevoda, Bethoven bilan Abay Kunanbayev yodga olindi

Sarayevoda, Turk Dunyosi opera yulduzlari konserti orqali Bethoven bilan Abay Kunanbayev yodga olindi.

1355653
Sarayevoda, Bethoven bilan Abay Kunanbayev yodga olindi
Türk Dünyası Opera Yıldızları4.jpg
Türk Dünyası Opera Yıldızları3.jpg
Türk Dünyası Opera Yıldızları 2.jpg

Turk Dunyosi Opera yulduzlari, Yevropa kengashi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, ta’lim va madaniyat ishlari bo’yicha tashkiloti UNESCO nazoratida uyushtirilgan 36- Sarayevo Qish festivali doirasida Bosniya va Gertsegovina poytaxti Sarayevoda sahnaga chiqdi.

Festivalning rasmiy ochilish marosimi tufayli poytaxtdagi Milliy teatr binosida bo’lib o’tgan Turk Dunyosi Opera yulduzlari konsertiga sarayevolik san’at shaydolarining qiziqishi katta edi.

Konsertda bu yil tavalludining 250-yilligida taniqli bastakor Bethoven bilan tavalludining 175-yilligida mashhur qozoq ziyolisi Abay Kunanbayev yodga olinar ekan Ozarbayjon, Qozog’iston va Turkiya nomidan ishtirok etgan san’atkorlar Kunanbayevning asarlarini ijro etdi.

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY va Yunus Emre nomidagi institutning hamkorligida uyushtirilgan mazkur turneda Turkmanistondan shef Rustam Rahmedov bilan birga Ozarbayjondan soprano Farida Mammadova, Qozog’istondan soprano Zhupar Gabdullina, bariton Talgat Kuzenbayev, dombira ijrochisi Zhanargul Sarkenova bilan Turkiyadan chang sozining mohir ijrochisi Ahmet Baran o’rin olmoqda.

Ertaga oqshom Sarayevoda yana bir bor san’at shaydolari bilan uchrashadigan Turk Dunyosi Opera yulduzlari, turne doirasida oxirgi konsertlarini haftaning dushanba kuni oqshom Serbiya poytaxti Belgradda beradi.



Aloqador xabarlar