Bularni bilasizmi 5-qism

Istanbul dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri ekanligini bilarmidingiz?

1348188
Bularni bilasizmi 5-qism

 

 

          Dunyoda ikki qit’aga bo’lingan yagona shahar Istanbul hisoblanadi. Shaharning yarmi Yevropa qit’asida, yarmi esa, Osiyo qit’asida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Tarixda Rim, Lotin, Sharqiy Rim va Usmoniy kabi ko’plab madaniyatlarning poytaxti bo’lgan Istanbul dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

        Istanbul dunyoda eng gavjum shaharlar orasida beshinchi o’rinda turadi. 15 mlndan ortiq aholiga ega bo’lgan Istanbul, dunyoda aholi soni jihatidan ba’zi davlatlardan, jumladan Belgiya, Gretsiya, Tunis, Portugaliyaning umumiy aholi sonidan ham ko’p aholiga ega. Nafaqat bugungi kunda, balki asrlar avval ham bu o’zgarmagan. Istanbul 1500-yillarda ham dunyoning eng gavjum shaharlaridan biri bo’lgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazidir. Mamlakat sanoatining 60%i Istanbulda joylashgan.

            Istanbul shahri haqida turli afsonalar mavjud. Bulardan biri Halich bo’g’ozi haqidagi afsonadir. Afsonaga ko’ra,                bir zamonlar Halich bo’g’ozining tagi oltinga to’la emish. Yaponlar bu oltinlarni qo’lga kiritish uchun Halichni                      bepul tozalamoqchi bo’libdilar. “Istanbulning tosh-u-tuprog’i oltindir” degan so’z ham shundan kelib chiqqan                    bo’lsa ajab emas.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul

Aloqador xabarlar