Go’beklitepe, 2020-yilda mutlaqo borilishi kerak eng jozibador sayohat nuqtalari ro’yhatiga kirdi

Go’beklitepe, mashhur National Geographic Traveler jurnalida 2020-yilda mutlaqo borish va o’z ko’zi bilan ko’rish tavsiya qilingan 25 ta eng jozibador sayohat nuqtalari ro’yhatiga kiritildi.

Nashrning 17 kishilik xalqaro muharriri tomonidan tayyorlangan 25 moddalik ro’yhatning “Madaniyat” yo'nalishida Turkiya nomidan Go’beklitepe ham o'rin oldi.

Ro’yhat, jurnal o'quvchilari uchun global sayohat qo'llanmasini yaratish uchun madaniy hamkorlik, jamoatchilik manfaati, geografik va tematik farqlar, barqarorlik va boshqa  qiymatli prinsiplar nazarda tutilgan holda tayyorlandi.

Madaniyat yo'nalishida Shanliurfadagi Go’beklitepe kashfiyotining, odam bolasi tarixini o’zgartiruvchi topilmalarga ega ekanligi qayd etildi.

Dunyoning to’rt burchagidagi tarixiy va madaniy meroslar o’rin olgan ro’yhatda, “Qariyb 11 600 yil muqaddam asos solingan ohaktoshli monumental ustunlari, birinchi madaniyatlarning beshigi hisoblangan barakali hilolning shimoliy uchida va Turkiyaning janubiy-sharqida o’rin olmoqda” degan ifodalarga o'rin berildi.

Ro’yhatda “madaniyat”, “tabiat”, “shaharlar” va “sarguzasht” yo’nalishi bo’yicha sayohat nuqtalari o’rin olgan.

Aloqador xabarlar