Bularni bilasizmi 53-qism

Turk yozuvchilari orasida Nobel mukofati bilan taqdirlangan va dunyoda nom qozongan O’rhon Pamuk asarlarining dunyoning 60 dan ortiq tiliga tarjima qilinganligini bilarmidingiz?

1332003
Bularni bilasizmi 53-qism

Turk yozuvchilari orasida Nobel mukofati bilan taqdirlangan va dunyoda nom qozongan O’rhon Pamuk asarlarining dunyoning 60 dan ortiq tiliga tarjima qilinganligini bilarmidingiz?

Turkiyaning Istanbul shahrida 1952-yili tavallud topgan O’rhon Pamuk, Nobel mukofati bilan taqdirlangan birinchi turk yozuvchisi sifatida tarix sahifalaridan o’rin oldi. Huddi ana shu yili TIME jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisidan biri deb topildi.

Yigirma yoshigacha rasm chizgan va rassom bo’lishni orzu qilgan, Istanbul Texnik universitetida me’morlik yo’nalishi bo’yicha ta’lim olgan O’rhon Pamuk, natijada na me’mor na rassom bo’lolmasligini anglab yetgach o’zini jurnalistika sohasida sinab ko’radi. Lekin bularning hech biri uni qoniqtirmaydi va 1974-yili yozuvchi bo’lish haqida qaror qabul qiladi. U, shu qarori asosida o’z uyida, asarlar yoza boshlaydi.   

Kitoblari eng ko’p sotilgan yozuvchilar ro’yhatida o’rin olgan yozuvchi, Turkiyaning murakkab tarixini an’anaviy Yevropacha usulda qalamga olgan romanlari orqali o’z nomini dunyoga e’lon qildi. O’rhon Pamuk 2006-yili adabiyot yo’nalishida Nobel mukofatini qo’lga kiritar ekan ortidan kitobxonlarining romanlariga bo’lgan qiziqishi yana-da ortdi. Dunyoning to’rt burchagidagi kitobxonlarida uning Turkiyada yuz bergan o’ziga xos hikoyalari katta ta’surot qoldirdi. Asarlari dunyoning 60 dan ortiq tiliga tarjima qilinib, butun dunyoda 13 milliondan ortiq sotildi.    

 



Aloqador xabarlar