Ataturkning vafotining 81-yilligi munosabati bilan Anitqabir haqida maxsus video tayyorlandi

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Mustafa Kemal Ataturkning vafotining 81-yilligi munosabati bilan Anitqabir haqida maxsus video tayyorlandi.

Ataturkning vafotining 81-yilligi munosabati bilan Anitqabir haqida maxsus video tayyorlandi

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Turkiya Respublikasining asoschisi va Turk xalqining rahbari Mustafa Kemal Ataturkning vafotining 81-yilligi munosabati bilan Anitqabir haqida maxsus video tayyorlandi.

Vazirlik tomonidan Twitterda qoldirilgan postda Ataturkning abadiy istirohatgohi bo’lgan Anitqabirni har yili millionlab insonning ziyorat qilganligi aytildi.

Videoda Anitqabirga borgan ziyoratchilar foydalangan va rasmiy marosimlarning boshlang’ich nuqtasi hisoblangan shuningdek “Arslonli yo’l” deb nomlanuvchi yo’laklarga o’rin berilgan holda,

“262 metr uzunlikdagi arslonli yo’lning boshida Ataturkdan keyin turk xalqining qalbidagi qayg’uning ramziga aylangan 3 ayol va 3 erkak haykali bor. Yo’lning ikkala yonida Ataturkning Turk va Anadolu tarixiga bo’lgan hurmati e’tiborga olingan holda, mazkur tuproqlarda yirik davlatga asos solgan Xetitlarning arslon uslubiga ko’ra o’tirgan 24 ta arslon haykali bor. Turk mitologiyasida kuch va qudratning ramzi bo’lgan arslonlarning tabiati aslida yuvosh va sokindir. Bu turk xalqining vatani, bayrog’i va mustaqilligiga qo’l uzatilmaguncha tinchlik tarafdori ekanligining ko’rsatkichidir” deyildi.

Arslonli yo’lning qariyb 5 santimetrlik oraliqda va assimetrik ravishda to’shalgan toshtaxtalardan iboratligi aytilgan videoda,

“Yo’lning ikkala yonida ham Virjiniya qora archalari ekilgan. To’rt mavsumda ham barglarini to’kolmagan Virjiniya qora archalarining ekilishining sababi esa ziyoratchilarni shahar manzarasidan uzoqlashtirib, ularni butunlay Ataturkni ziyorat qilishga tayyorlashdir” degan ma’lumotlar berildi.   

Ataturkning aziz jasadining abadiy istirohatgohiga, Turk askarlarining yelkalarida 1953-yilning 10-noyabri kuni huddi mana shu yo’ldan olib borilganligi aytilgan videoning oxirida, Buyuk rahbarning, “Turklar, tutsoqlikni qabul qilmagan xalqdir. Turk xalqi hech qachon asirga tushmagan” degan so’zlariga o’rin berildi.  

 


Tanlangan kalimalar: Turk xalqi , Ataturk , Anitqabir

Aloqador xabarlar