Tibbiyot bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa deb topildi.

1283385
Tibbiyot bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

 

Tibbiyot bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa deb topildi.

Ular tirik hujayralar kislorod borligiga qanday reaksiya berishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borishgan.

Bu haqda Shvetsiya Qirollik ilmlar akademiyasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa turli darajadagi kislorodga javoban genlar faolligini tartibga soluvchi molekulyar mexanizmni aniqlash bo’yicha amalga oshirgan kashfiyoti tufayli ushbu nufuzli mukofotga loyiq deb topilgan.

Bu yilgi laureatlarning tadqiqoti kislorod darajasi moddalar almashinuviga qanday ta'sir qilishini tushunish uchun asos bo‘ldi.

Bundan tashqari, ularning kashfiyoti anemiya, saraton va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishning yangi, istiqbolli usullarini yaratishga imkon beradi.

 



Aloqador xabarlar