Shvetsiyada yashagan turk savdogar Faruk Yildiz “Yilning qahramoni” unvoniga loyiq deb topildi

“54 yildan beri bu mamlakatda yashab kelayotgan vatandoshlarimizning muvaffaqiyati bizni quvontiradi",-deb aytgan Turkiyaning Shvetsiyadagi elchisi Hakki Emre Yunt.

1280585
Shvetsiyada yashagan turk savdogar Faruk Yildiz “Yilning qahramoni” unvoniga loyiq deb topildi

 

 

Shvetsiya poytaxti Stokholmning Upplands-Bro tumanida savdogarlik bilan shug’ullangan 57 yoshdagi turk millatiga mansub Faruk Yildiz “Yilning qahramoni” unvoniga loyiq deb topildi.

Faruk Yildiz mukofotni 19 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan oziq-ovqat do’konida qabul qilib oldi.

Mukofotni topshirish marosimiga Turkiyaning Shvetsiyadagi elchisi Hakki Emre Yunt ham ishtirok etdi.

Elchi janoblari turk savdogar Faruk Yildizni “Yilning qahramoni” unvoniga muyassar bo’lganligi munosabati bilan tabrikladi. Unga muvaffaqiyatlar tiladi.

“54 yildan beri bu mamlakatda yashab kelayotgan vatandoshlarimizning muvaffaqiyati bizni quvontiradi. Ijtimoiy gumanitar yordamlashuv faoliyatlariga katta hissa qo’shganligi uchun mukofotga sazovor bo’lgan vatandoshimizga minnatdorlik bildirish maqsadida keldik”,-deb aytgan Turkiyaning Shvetsiyadagi elchisi Hakki Emre Yunt.

Faruk Yildiz “Mitt i Stockholm” gazetasi tomonidan uyushtirilgan anketada xalqning mehrini qozongan savdogar deb topildi.

U shuningdek, aprel oyida ham “Yilning eng ardoqlangan savdogari” mukofotini qo’lga kiritgandi.



Aloqador xabarlar