Usmoniy Sultoni 2-Abdulhamid tomonidan qurdirilgan "Hijoz" temir yo'li qayta ta'mirlanadi

Usmoniy Sultoni 2-Abdulhamid tomonidan 1900-1908 yillarda Damashq va Madina shaharlari o'rtasida qurdirilgan "Hijoz" temir yo'li Usmoniy davrida amalga oshirilgan oxirgi ulkan loyihalardan biri edi.

1278292
Usmoniy Sultoni 2-Abdulhamid tomonidan qurdirilgan "Hijoz" temir yo'li qayta ta'mirlanadi

 

Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi iqtisodiy va tijoriy hamkorlik doimiy qo'mitasi (ISEDAK) Iordaniya poytaxti Omanda "Hijoz" temir yo'lini qayta ta'mirlash masalasiga bag'ishlangan yig'ilishda ishtirok etdi.

Mazkur yig'ilishga Turkiya transport va poydevor vazirligi bilan Turkiya Respublikasi davlat temir yo'llari (TCDD) boshqarmasi vakillari, Iordaniya "Hijoz" temir yo'li tarmog'i rahbari Saloh al-Levzi va boshqa bir qator vakillar ishtirok etdi.

Turkiya transport va poydevor vazirligidan muhandis Hasan Alsanjak ma'lum qilishicha, "Hijoz" temir yo'li eng qadimiy temir yo'li tarmoqlaridan biridir. Turkiya temir yo'li orqali yuk tashish sohasi bo'yicha tajribalarini o'rtoqlashadi.

Iordaniya "Hijoz" temir yo'li tarmog'i rahbari Saloh al-Levzi o'tgan 20 yil ichida Turkiyada temir yo'llari tarmog'i bo'yicha juda katta o'zgarishlar kuzatilganligiga diqqat qaratib, ""Hizoj" temir yo'li mintaqadagi tarixiy temir yo'llaridan biridir. Davr talabi bilan yana ham arzon va sifatli, tezkor temir yo'li faoliyatiga ehtiyoj bor. Iordaniya bu liniyani rivojlantirib, qayta ta'mirlanishi tarafdori",-dedi.

Uning ta'kidlashicha, tarmoqni qayta ta'mirlashga Turkiyaning e'tibori juda katta va yordam berishga tayyor. Mintaqa davlatlari ham temir yo'lini qayta ta'mirlashga alohida e'tibor qaratmoqda.

Usmoniy Sultoni 2-Abdulhamid tomonidan 1900-1908 yillarda Damashq va Madina shaharlari o'rtasida qurdirilgan "Hijoz" temir yo'li Usmoniy davrida amalga oshirilgan oxirgi ulkan loyihalardan biri edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar