Amerikalik mashhur qo’shiqchi Jennifer Lopez Antaliyada konsert berdi
Amerikalik mashhur qo’shiqchi Jennifer Lopez Turkiyaning Antaliya shahrida konsert berdi.

Amerikalik mashhur qo’shiqchi Jennifer Lopez Turkiyaning Antaliya shahrida konsert berdi.
Lopez bir necha yillar ortidan Turkiyada ekanligidan xursandligini muhlislari bilan bo’lishdi.
Roppa-rosa 2 500 kishi tomonidan tomosha qilingan va ikki soat davom etgan Jennifer Lopez konsertini mashhurlardan tashqari “Antalyaspor” jamoasi a’zolari, murabbiylari va niderlandiyalik sobiq futbolchi Clarence Seedorf ham katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Lopez konsert dasturida yangi qo’shiqlaridan Medicine, On The Floor, Aint It Funny, Love Don't Cost a Thing ham o’rin olgan barcha hit qo'shiqlarini kuyladi.
Raqslari va sahna kostyumlari bilan ham e’tiborlarni o’ziga tortgan Lopez, qizi Emme Anthony bilan qo’shiqlaridan birida duet kuylab, muxlislarini o’ziga yana bir bor rom etdi.
Jennifer Lopezning alohida dizayn qilingan sahnasi va yon dekoratsiyasining Turkiyaning Isparta viloyatida o’stirilgan oq gullar bilan bezatilganligi qayd etildi.