Gollivudning taniqli aktyori Jan-Klod Van Damm Turkiyaga keldi

Dam olish uchun Turkiyaning turistik Bodrum tumaniga kelgan Jan-Klod Van Damm Milas-Bodrum aeroportida kutib olindi.

1238968
Gollivudning taniqli aktyori Jan-Klod Van Damm Turkiyaga keldi

 

Gollivudning taniqli aktyori Jan-Klod Van Damm dam olish uchun Turkiyaga keldi.

Turkiyaning turistik Bodrum tumaniga kelgan Jan-Klod Van Damm Milas-Bodrum aeroportidan maxsus mashinada olib ketildi.

Jan-Klod Van Damm aeroport xodimlari bilan samimiy va iliq munosabatda bo’ldi. Ular bilan fotosuratga tushdi.

O’zining xushmuomalaligi bilan diqqat jalb etgan taniqli aktyor o’ziga ajratilgan mehmonxonaga tomon yo’l oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #aktyor , #Jan-Klod Van Damm

Aloqador xabarlar