Bularni bilasizmi 25-qism

Turkiyaning birinchi sanoat muzeyining Oltin Shoxda (Xalich) ekanligini bilarmidingiz?

1216412
Bularni bilasizmi 25-qism

Turkiyaning birinchi sanoat muzeyining Oltin Shoxda (Xalich) ekanligini bilarmidingiz?

1994-yili ochilgan Rahmi Koch nomidagi muzey Oltin Shox (Xalich) qirg’og’ida, tamali Vizantiyaga borib taqalgan tarihiy Lengerhane binosida qurildi.

Mazkur muzeyning asoschisi Rahmi Kochning shaxsiy say-harakatlari, ehsonlar va berilgan eksponatlar orqali kun o’tgan sayin yana-da boyigan muzeyda XII asrda samoviy jismlarning harakatini o’lchov uchun foydalanilgan vositadan, XX asrdagi Harley Davidson mototsikligacha o’ta perspektivli sakkiz yuzdan ortiq texnik antiqa buyumlar namoyish etilmoqda.

Insonlarga ham nimadir o’rgatish, ham da ularni ovutish maqsadida klassik muzey tushunchasi bilan cheklanib qolmagan “Rahmi Koch” nomidagi muzey jonli, interaktiv va nogironlar tomonidan ham maxsus liftlar orqali tomosha qilina oladigan kompleksdir. Muzeyga tashrif buyurgan talaba va qiziquvchilar kundalik hayot sharoitida o’zlari foydalangan narsalarning ham qanday ishlaganidan xabardor bo’lish imkoniga ega bo’ladi.

 



Aloqador xabarlar