Bularni bilasizmi 23-qism

Turkiyada birinchi dengiz muzeyining 1897-yili tashkil topganligini bilarmidingiz?

1211376
Bularni bilasizmi 23-qism

Turkiyaning birinchi dengiz muzeyi, 1897-yili ana shu davrning Harbiy Dengiz kuchlari vaziri Hasan Husnu Pashaning buyrug’i bilan Istanbulning Kasimpasha tumanida tashkil topdi. 1914-yili Harbiy Dengiz kuchlari vaziri Hasan Husnu Pasha muzeyda islohot o’tkazib, muzeyning ilmiy jihatdan qayta tiklanishi uchun Dengiz yuzboshisi va rassom Ali Sami Boyarni muzeyning mudiri deb tayin qildi.  Ali Sami Boyar, turk kemalarining to’la va yarim modellarining yasalishi uchun ustaxona qurib, muzeyning taraqqiy etishi uchun muhim hissalar qo’shdi.

Ikkinchi jahon urushi chog’ida, himoya qilish maqsadida Anado’luga ko’chirilgan tarixiy asarlar, urush ortidan takror bir nuqtada toplandi. Muzey, 1949-yili Dolmabaxche jome’ masjidi kulliyasiga, u yerdan Beshiktoshdagi bugungi o’rniga ko’chirildi.

Saltanat manbaalari, galeralar, kema modellari, bayroqlar, dengizchilar kiyimi, qo’l yozmalari, xaritalar, rasmlar, tugralar (Usmoniy podishohlari tomonidan imzo o’rniga foydalanilgan, maxsus formatdagi ramziy belgi) va gerblar, sayr qilish aspoblari, kemaning bosh qismi bichimlari bilan turli qurollar namoyish etilgan Istanbuldagi Dengiz muzeyi, Turkiyada tashkil topgan birinchi harbiy muzeydir.



Aloqador xabarlar