Turk oshxonasi 22-qism

Turk oshxonasining o’ziga xos lazzatli taomlaridan biri, yengil yaxna taomlardan “Zaytunyog’li bulg’ori do’lma” haqida ma’lumot...

Turk oshxonasi 22-qism

 

       

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlarga turk oshxonasining o’ziga xos taomlaridan biri, yengil yaxna taomlardan “Zaytunyog’li bulg’ori do’lma” haqida ma’lumot beramiz.

Zaytunyog’li taomlar turk oshxonasining voz kechilmas issiq yoki yaxna iste’mol qilinadigan yengil taomlaridan biridir.

 

Zaytunyog’li bulg’ori do’lma uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar:

16 dona bulgori

1 ½  stakan zaytunyog’i

4 dona piyoz

2 stakan guruch

2 osh qoshiq qarag’ay yong’og’i

Tuz

½  choy qoshiq murch

1 choy qoshiq quritilgan rayhon ziravori

1 choy qoshiq quritilgan qalampir

1 osh qoshiq shakar

2 stakan suv

Do’lmaning ustini qopqoq shaklida yopish uchun esa 3 – 4 dona pomidor 

 

Zaytunyog’li bulg’ori do’lmani pishirish uchun avvalo qozonni past olovda qizdirib, 1 stakan zaytunyog’i solinadi. So’ngra qozonga mayda to’g’ralgan piyoz solinadi va unga qarag’ay yong’og’i ilova qilinib qovuriladi. So’ngra, 2 stakan guruch yaxshilab yuviladi. Piyozlar qovurilgach, ustiga guruch ilova qilinadi. So’ngra, tuz, murch, ziravorlar va 1 osh qoshiq shakar ilova qilinib, yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga 2 stakan suv quyilib, guruchlar yumshagunicha past olovda pishiriladi. Tuzi rostlanadi, agar shakari oz bo’lsa biroz shakar ilova qilish ham mumkin.

Bulg’orilar sopi chiqarilib, ichidagi urug’lardan tozalanadi. Bulg’orilarning ichi, tayyor bo’lgan guruchli masalliq bilan teng miqdorda to’ldiriladi. Ustiga pomidordan tayyorlangan qopqoq shaklidagi bo’laklar joylashtiriladi.

Tayyor bo’lgan do’lmalar chuqur qozonga teriladi. Ustiga yârim stakan zaytunyog’i quyiladi va do’lmalarni yarmigacha ko’madigan shaklda suv ilova qilinadi. Zaytunyog’li bulg’ori do’lma o’rta olovda 30 daqiqa pishiriladi.

Ushbu taom dasturxonga sovuq holda tortiq qilinadi. Unday bo’lsa yoqimli ishtaxa!

 



Aloqador xabarlar