Bularni bilasizmi 20-qism

Hidrallazning, UNESCOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilganligini bilarmidingiz?

1200931
Bularni bilasizmi 20-qism
hıdrellez.jpg

Hidrallazning, UNESCOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilganligini bilarmidingiz?

Hidrallaz, bahorning kelishini nishonlash uchun melodiy yilning 6-mayi kuni o’tkazilgan mavsumiy bayramlardan biridir. Anado’lida qish mavsumidan keyin, tabiatning uyg’onishi bilan mo’lchilik va cheksiz barakaning ramziga aylangan kun 6-maydir va ushbu kun Hidrallaz kuni deb ataladi. Anado’luda, Hizr va Ilyos payg’ambarning yer yuzida, har yili huddi mana shu kunda uchrashib turishiga bo’lgan ishonch bor. Hidrallaz, Turkiyaning bir necha nuqtasida, tabiatning uyg’onishi bilan birgalikda moddiy va ma’naviy jihatdan, o’zlarini yangi yilga tayyorlashni xohlagan musulmon va xristian aholisi tomonidan nishonlanmoqdadir.  

Hidrallaz oldidan uylarda yig’ishtirish va tozalash ishlari amalga oshirilib, turli-tuman taomlar pishiriladi. Ortidan, “hidirlik” deb atalgan ko’p daraxtli va bulog’i bor, hordiq chiqaradigan dala joylarga borib, sayr qilinadi. U yerda turli o’yinlar uyushtiriladi. Ba’zan, sayr qilgani chiqqanlar olov yoqib ustidan kamida uch marotaba duolar qilib, laparlar aytib sakraydilar. Tilaklar yozilgan qog’ozlar oqshom vaqtidan gul ostida saqlanadi. Tong saharlab, hali hanuz quyosh nuri chiqmay turib tilaklar gul ostidan olinadi va ba’zan Hizrga yetib borishi uchun oqqan suvga yoki dengizga tashlanadi.

Bundan 3 yil muqaddam yani 2016-yili Turkiya bilan Makedoniya, birgalikda tayyorlagan “Bahor bayrami: Hidrallaz” degan taklif bilan UNESCOga murojaat qildi. Mazkur taklif UNESCO tomonidan ko’rib chiqilar ekan, 2017-yili Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi.



Aloqador xabarlar