Turk oshxonasi 15-qism

Bugun dasturimizda turk oshxonasining o’ziga xos lazzati bo’lmish “qorin sho’rva” retsepti bilan tanishtiramiz.

1183311
Turk oshxonasi 15-qism

 

                              

Assalomu alaykum hurmatli turk oshxonasi muxlislari!  Bugun sizlarga turk oshxonasining ba’zilar uchun voz kechilmas, ba’zilar uchun esa, yoqimli bo’lmagan yeguliklari “sakatat” ya’ni qo’y yoki molning ichki organlaridan tayyorlanadigan sho’rva, qisqacha qilib aytganda “İshkenme” ya’ni qorin sho’raning retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ma’lumki, qo’y va qora mol kabi go’shti sevib iste’mol qilinadigan hayvonlarning ichki organlari, jumladan jigar, kalla-pocha, qorin, byurak, til va boshqa organlari turkchada “Sakatat” deyiladi. Ushbu mahsulotlarning ham inson organizmiga juda katta foydasi borligini aytish joiz.

Azaldan turk va dunyo oshxonasida ishlatilib kelingan bu mahsulotlarning kunimizda tobora iste’moli kamayib bormoqda. Bu mahsulotlar tarixda Usmoniy saroylaridagi oshxonalarda voz kechilmas yeguliklardan biri bo’lgan. Kunimizda ham Turkiyada qo’yning ichki organlaridan taomlar tayyorlanadigan maxsus oshxonalarni uchratish mumkin.

Ayniqsa, “İshkembeji” deb atalgan maxsus turk oshxonalarida jigar shashlik, qovurma, xasip, qorindan tayyorlangan turli xil salat va sho’rvalarni iste’mol qilishingiz mumkin.

Keling endi, vaqtni boy bermasdan sizlarni turk oshxonasining o’ziga xos lazzati bo’lmish “qorin sho’rva” retsepti bilan tanishtiraylik!

Avvalombor qorindan sho’rva tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar:

 

Masalliqlar:

     .   500 gr qo’y yoki molning qorin qismi

  • 10 stakan suv
  • 2 qoshiq un
  • 2 qoshiq yog’ 
  • 1 tuxum
  • 1 limon
  • ½ stakan sirka 
  • 6-7 bo’lak sarimsoq
  • Mayda qizil qalampir
  •  Tuz

 

Endi navbat qorindan tayyorlanadigan sho’rvani pishirishga.

Tozalangan qorin yaxshilab yuviladi. So’ngra qozonga solinadi. 10-12 stakan suv va tuz solinib, yumshagunicha pishiriladi. Xa aytgancha, suv ustiga chiqib qolgan ko’piklarni olishni unutmang!

Ko’pigi olingach, qorin taxminan 1 yoki 1 yarim soat pishiriladi.

So’ngra, cho’mich yordamida qozondan olinadi va maydalab to’g’raladi.  

Boshqa qozonga 2 qoshiq yog’ va ustiga 2 qoshiq un solib yaxshilab qovuriladi. Qorin pishirilgan qozondagi suvdan bir kosa olib, qovurilgan unning ustiga quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, suvning qolganini ham bir suzgichdan o’tkazib, ustiga quyiladi va qiynatiladi. Maydalab to’g’ralgan qorin qaynayotgan suvga solinadi. So’ngra, boshqa kosaga bitta tuxumning sarig’i solinadi va ustiga bitta limonning suvi siqiladi. Yaxshilab aralashtirilgach, sho’rvaning ustiga ilova qilinadi. 3 daqiqa qaynatilgach, qorin sho’rvamiz tayyor bo’ladi.

Aytgancha, sarimsoq va sirka ilova qilishni ham unutmang! 6-7 bo’lak sarimsoq yaxshilab eziladi va 2 qoshiq sirka bilan aralashtirilib, sho’rvaga ilova qilinadi. 

Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 



Aloqador xabarlar