2018-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonga 4,7 mln nafar xorijiy mehmon keldi

2018-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi.

1089493
2018-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonga 4,7 mln nafar xorijiy mehmon keldi

2018-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonga 4,7 mln nafar xorijiy mehmon keldi

2018-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Ushbu vaqt mobaynida respublikaga 4,7 million nafar xorijiy mehmon kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi. 

O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolarning asosiy qismini Qozog‘iston (40,2 foiz), Tojikiston (24,8 foiz), Qirg‘iziston (16,7 foiz) va Rossiya fuqarolari (7,4 foiz) tashkil etdi.

Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Germaniya va Yaponiyadan kelgan mehmonlarning umumiy soni 2,5 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy maqsadi yaqinlarini yo‘qlash (74,2 foiz) hisoblanadi. Turistik maqsadda kelgan xorijlik fuqarolarning ulushi 7 foizni yoki 327,2 ming kishini tashkil etgan. Qolganlari davolanish, ish va o‘qish uchun kelgan.

2018-yilning 9 oyi mobaynida xorijda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarolarining soni 10,8 million kishini tashkil etgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Kelgan , #Sayyoh

Aloqador xabarlar