Xalqaro “Leyali Tarab” musiqa festivalida bu yil turk musiqasi yangradi
Ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusda har yili an’anaviy ravishda uyushtirilgan Xalqaro “Leyali Tarab” musiqa festivalida bu yil turk musiqasi yangradi.



Ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusda har yili an’anaviy ravishda uyushtirilgan Xalqaro “Leyali Tarab” musiqa festivalida bu yil turk musiqasi yangradi.
“The Edward Said” milliy musiqa konservaturari tomonidan uyushtirilgan festivalda Turkiya nomidan "İstanbul Rüyası" deb nomlangan musiqa guruhi konsert berdi.
Quddusdagi, “Yunus Emre” nomidagi Turk madaniyati markazining ham yordamida uyushtirilgan konsertga falastinliklarning qiziqishi katta edi.
Ko’proq turk klassik va san’at musiqasi ijro etgan guruh, konsertga kelgan falastinliklarga unitilmas daqiqalar baxsh etdi.
“Leyali Tarab” musiqa festivali doirasida berilgan konsertning bir qismida “The Edward Said” milliy musiqa konservatuari talabalaridan tashkil topgan bir guruh ham “İstanbul Rüyası” guruhiga hamrohlik qildi.