Ulug' dohiy Mustafo Kamol Otaturk butun dunyoda yodga olinmoqda

Avstraliyaning Kanberra, Sidney va Melburn shaharlarida, Malayziya poytaxti Kuala Lampur, Indoneziya poytaxti Jakartada Otaturk vafotiga bag’ishlangan turli tadbirlar bo’lib o’tmoqda.

1085128
Ulug' dohiy Mustafo Kamol Otaturk butun dunyoda yodga olinmoqda
dunya 10 kasim1.jpg

Bugun Turkiya Respublikasi asoschisi ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 80 yil to’ldi.

Shu munosabat bilan nafaqat Turkiyada balki, dunyoning turli shaharlarida Otaturkni xotirlash marosimlari o’tkazilmoqda.

Jumladan, Avstraliyaning Kanberra, Sidney va Melburn shaharlarida Otaturk vafotiga bag’ishlangan turli tadbirlar bo’lib o’tmoqda.

Kanberrada Turkiya elchixonasida o’tkazilgan marosim oldidan Otaturk yodgorligi poyiga gulchambar qo’yildi.

Sidney va Melburndagi Turkiya konsulligida to’plangan turklar Otaturkni yodga oldi.

Melburndagi Turkiya konsuli vakili O’smon Ilhan Shener boshchiligida bo’lib o’tgan marosimda Otaturk hayotdan ko’z yumgan soat 09:05 daqiqa o’tganda hurmat ma’nosida sukut saqlandi.

So’ngra, istiqlol gimni kuylandi, bosh konsul o’rinbosari Mehmet Uchar va ba’zi ishtirokchilar birma-bir so’zga chiqib, Otaturk haqida ma’ruza qildilar.

Marosimda ishtirok etganlarga minnatdorlik bildirgan bosh konsul vakili O’smon Ilhan Shener: “Turk millati sifatida juda baxtlimiz. Ingliz davlat arbobi aytganidek, har asrda bir millatga bir dohiy nasib qiladi. Bu dohiy bizga 20 asrda nasib qildi. Vatanimizni dushman qo’lidan qutqargan, Respublikamizga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk va uning safdoshlarini cheksiz hurmat bilan yodga olamiz. Ulardan minnatdormiz”,-dedi.

Ulug’ lider Otaturk Malayziya poytaxti Kuala Lampur, Indoneziya poytaxti Jakarta, Malayziya, Xitoy, Pokiston, Ozarbayjon va Qozog'istonda ham yodga olinmoqda.

U mamlakatlardagi Turkiya elchixonalarida tashkil qilingan marosimlarda Otaturkning Turkiya va dunyoda tutgan o’rni haqida turli ma’ruzalar o’qildi.

 



Aloqador xabarlar