Dunyoda dengiz ustidagi eng uzun ko'prik Xitoyda xizmatga o'tdi

Xitoyning Gong Kong muxtor hududi bilan Macau yarim orolini quruqlikka ulagan 55 km. masofalik ko'prik qurildi.

1073979
Dunyoda dengiz ustidagi eng uzun ko'prik Xitoyda xizmatga o'tdi

Dunyoda dengiz ustidagi eng uzun ko'prik Xitoyda xizmatga o'tdi.

Xitoy davlat rahbari Shi Chinpin, Xitoyning Gong Kong muxtor hududi bilan Macau yarim orolini quruqlikka ulagan 55 km. masofada bo'lgan dunyodagi eng uzun ko'prikning ochilishini amalga oshirdi.

Qurilishi 10 yildan ko'p davom etgan va dunyoda eng uzun dengiz ustidagi ko'rpik xususiyatiga ega ko'prikning Xitoyga 20 million dollarga tushdi.

Havoda mushak namoyishlari bilan ko'rpikning ochilishini amalga oshirgan Shi, maruza qilmadi.

Tahminan 7 km. bo'limi dengiz ostida tunel shaklida qurilgan ko'rpikning shaharlararo sayohat masofasi 3 soatdan 30 daqiqaga tushirishi bildirildi.

Ko'rpikni o'tish uchun xususiy vositalar va taksilar 21 dollardan to'laydi.

Ko'prikdan xususiy moshina bilan o'tishni istagan haydovchilar esa murojaat etib o'tish ruxsti olishi kerak bo'ladi.

Ommaviy toshuv xizmati berilgan dunyoning eng uzun ko'prigi yuk moshinalariga ochiladi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoyda , #dunyoning eng uzun , #ko'prigi

Aloqador xabarlar