Nobel mukofoti sovrindori yaponiyalik kimyogar va biolog Osamu Simomura 90 yoshida vafot etdi

Osamu Simomura 2008 yilda kimyo bo’yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan edi.

1073286
Nobel mukofoti sovrindori yaponiyalik kimyogar va biolog Osamu Simomura 90 yoshida vafot etdi

Nobel mukofoti sovrindori yaponiyalik kimyogar va biolog Osamu Simomura 90 yoshida vafot etdi.

U 2008 yilda amerikalik olimlar Martin Chalfi hamda Rojyer Tsen bilan birga kimyo bo’yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan edi.

Osamu Simomura va uning hamkasblari yashil fluoressent (nurlatilganda yaltirab ko'rinadigan) oqsilni kashf qilganlik va undan foydalanishni rivojlantirish yo’lidagi kashfiyotlari uchun Nobel akademiyasi tomonidan nufuzli mukofotga loyiq deb topilgan edi.

U yashil fluoressent (nurlatilganda yaltirab ko'rinadigan) oqsil kashfiyoti va undan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish bilan inson organizmida bundan avval kuzatish mumkin bo’lmagan miyadagi hujayrada sintezlanuvchi oqsil miqdorini aniqlash va saratonning organizmda tarqalish jarayonini kuzata oladigan darajaga olib kelgandi.

Simomura Nagasaki shahrida davonalayotgan bir shifoxonada olamdan o’tdi.

 

 



Aloqador xabarlar