Nigeriyada “Dar’ul Anvar” nomli xalqaro turk maktabi ochildi

Mazkur maktab Turkiyadan yuborilgan yordamlar bilan yangi o’quv yiliga qadam bosdi.

1070155
Nigeriyada “Dar’ul Anvar” nomli xalqaro turk maktabi ochildi

Nigeriyada “Dar’ul Anvar” nomli xalqaro turk maktabi ochildi.

Mazkur maktab Turkiyadan yuborilgan yordamlar bilan yangi o’quv yiliga qadam bosdi.

Bu haqda Adam-Der jamiyati (Harbiy inqiloblarning harbiy muxoliflari jamiyati) va Abuja-Istanbul do’stlik jamiyati vakili Fotih Amin Danishan ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Nigeriyadagi turk maktabi aslida ikki yildan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Biroq, moddiy qiyinchiliklar va to’qnashuvlar tufayli o’quvchilarning bir qismi maktabga bora olmaydi.

“Bu yil o’quvchilar soni 281 nafarga yetdi. Yangi sinf ochdik. Maktabimizning harajatlari, o’qituvchilarning oylik ish haqlari, o’quvchilar uchun zarur bo’lgan barcha darslik va o’quv qurollari Turkiyadan kelgan yordamlar vositasida ta’minlanmoqda. Bugun ham Turkiyadan kelgan yordamlar bilan maktab o’quvchilariga poyabzal, kitob, daftar, qalam va o’chirg’ich tarqatdik”,-deydi u.

Ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko’ra, taxminan 200 mln aholi mavjud bo’lgan mamlakatda 10.5 mln bola ta’lim olish imkoniyatidan mahrum.

 


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #turk maktabi , #Turkiya

Aloqador xabarlar