Bog’doddagi “Diraye” maktabida “turk tili” chet tili sifatida o’rgatiladi

Iroq poytaxti Bog’doddagi “Diraye” nomidagi boshlang’ich maktabida turk tili, chet tili sifatida o’rgatiladi.

1060074
Bog’doddagi “Diraye” maktabida “turk tili” chet tili sifatida o’rgatiladi

Iroq poytaxti Bog’doddagi “Diraye” nomidagi boshlang’ich maktabida turk tili, chet tili sifatida o’rgatiladi.

Mazkur maktabning ochilish marosimida Turkiyaning Bog’doddagi elchisi Fatih Yildiz ham ishtirok etdi.

Ishtiroki haqida gapirgan Fatih Yildiz, Bog’doddagi bir maktabning o’quv rejasining bir qismida turk tili ham o’rin olganligini, ana shu maktabning ochilish marosimida ishtirok etganligini, bolalarning ularni turk tilida qo’shiq aytib kutib olganligini va natijada judayam xursand bo’lganliklarini qayd etdi.

Shuningdek bunday maktablar sonining Iroq hukumati bilan hamkorlik ostida orttirilishini tilab, kelajakda ikkala mamlakat munosabatlarini yana-da mustahkamlash niyatida ekanliklarini ifoda etdi.

Maktab direktori Yasemin Amin esa Iroqda 2018-2019 o’quv yilining boshlaganligini eslatgan holda, ochilish marosimida Turkiya elchisining ham ishtirok etganligidan xursand bo’lganliklarini bildirdi.  



Aloqador xabarlar