Ulug' mutafakkir Mavlono Jaloliddin Rumiy Tojikistonda yodga olinadi

Shu yilning oktyabr oyida Tojikiston poytaxti Dushanbeda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tashabbusi bilan Xalqaro Mavlono simpoziumi o'tkaziladi.

980762
Ulug' mutafakkir Mavlono Jaloliddin Rumiy Tojikistonda yodga olinadi

Ulug' mutafakkir, faylasuf va shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy Tojikistonda yodga olinadi.

Shu yilning oktyabr oyida Tojikiston poytaxti Dushanbeda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tashabbusi bilan Xalqaro Mavlono simpoziumi o'tkaziladi.

Ma'lum bo'lishicha, TIKA direktor o'rinbosari Mehmet Sureyya Er boshchiligidagi delegatsiya shu maqsad bilan kuni kecha Tojikistonda bo'lib, simpoziumning kuni, ishtirokchilari va tomonlarning majburiyatlari kabi xususlarni belgilab oldilar.

Delegatsiya dastlab, Turkiyaning Tojikistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, favqulodda va muhtor elchi Ali Rifat Ko'ksal bilan uchrashdilar. So'ngra simpoziumni tashkillashtirish ishlari bo'yicha fikr almashtirdilar.

Turkiyaning Tojikistondagi elchisi va TIKA delegatsiyasi Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Nizomiddin Zohidiy bilan uchrashdi.

Zohidiy tojik xalqi uchun juda katta ahamiyat kasb etgan Mavlono kabi ulug' zotning Tojikistonda yodga olinishidan baxtiyor ekanligini, shu sababli Tojikiston tashqi ishlar vazirligi sifatida zimmasiga tushgan barcha mas'uliyatni bajarishga tayyor ekanligini tilga oldi.

Simpoziumni uyushtirishga katta hissa qo'shgan Tojikiston ilmlar akademiyasida ham bo'lgan delegatsiya akademiya rahbari Farxod Rahimiy bilan uchrashdi.

Turk akademiklar uchrashuv doirasida Tojikiston milliy universiteti talabalari bilan ham uchrashib, Mavlono haqida suhbat uyushtirdilar.

 

 



Aloqador xabarlar