Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasini “mehmon bosdi”.

Vashingtondagi bir necha elchixona, har yili bo’lganidek bu yil ham bir kunligiga “elchixonalarda mehmon bo’lish” dasturi doirasida mehmonlar uchun o’z darvozalarini ochdi.

965445
Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasini “mehmon bosdi”.

Amerika Qo’shma Shtatlari poytaxti Vashingtonda uyushtirilgan “Passport DC” dasturi doirasida minglab kishi, Turkiyaning Vashingtondagi elchixonaga tashrif buyurdi.

Vashingtondagi bir necha elchixona, har yili bo’lganidek bu yil ham bir kunligiga “elchixonalarda mehmon bo’lish” dasturi doirasida mehmonlar uchun o’z darvozalarini ochdi.

Qariyb 50 ta elchixona ishtirok etgan mazkur dasturda Turk elchixonasi eng ko’p mehmon qabul qilgan diplomatik vakolatxonalardan biri bo’ldi.  

Elchixona darvozasida navbat kutganlar soni kun bo’yi ortar ekan minglab kishi Turkiya haqida ma’lumot olib, turk taomlari va shirinliklaridan og’iz tegish imkonini qo’lga kiritdi.

Dasturda bu yil qariyb 50 ta elchixona ishtirok etdi. Elchixonalar o’z mehmonlariga milliy taom va raqs madaniyatidan qisqacha lavhalar taqdim etar ekan ayni vaqtda turistik mintaqalar haqida ham ma’lumotlar berdi.



Aloqador xabarlar