Qozog'istonda III Xalqaro Yevroosiyo kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

2018 yil Qozog'istonda “O'zbekiston yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan O'zbekiston paviloniga alohida e’tibor qaratilgan.

960658
Qozog'istonda III Xalqaro Yevroosiyo kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

Qozog'iston poytaxti Astana shahridagi “Korme” ko'rgazmalar markazida 25-28 aprel kunlari III Xalqaro Yevroosiyo kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Ushbu ko'rgazma Yevropa va Osiyoning 18 ta mamlakatlaridagi nashriyotlar, noshirlik korxonalari, ilmiy-ma’rifiy tashkilotlarni bir joyga jamlagan yirik maydon hisoblanadi.

2018 yil Qozog'istonda “O'zbekiston yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan O'zbekiston paviloniga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etish joizki, eng katta pavilon ham O'zbekistonga tegishli.

O'zbekistonga ajratilgan 60 kvadrat metr maydonda O'zbekistonning tarixi va bugungi kuni aks ettirildi.

Ikki xalqning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy va Abay siymolari xalqaro ko'rgazmaga alohida ma’no bergan. Monitorlarda O’zbekistondagi nashriyotlar faoliyatidan hikoya qiluvchi videoroliklar berildi.

III Xalqaro Yevroosiyo kitob ko'rgazmasi doirasida taniqli adiblar va shoirlar, madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar, kitoblar taqdimoti, anjumanlar o'tkazildi.

Kecha O'zbekiston delegatsiyasi a’zosi xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi. O’zbek shoir qozoq xalqiga o'zining yozgan yangi she’rini in’om etdi.

 



Aloqador xabarlar