Istanbulda O'zbekistonning tarixiy shaharlariga bag'ishlangan rasm ko'rgazmasi ochildi

Kuchukchekmeje hokimiyati Sefako’y madaniyat va san’at markazi iste’dodli fotograf Salih Do’g’anning “Qadim turk shaharlari” nomli rasm ko’rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.

938490
Istanbulda O'zbekistonning tarixiy shaharlariga bag'ishlangan rasm ko'rgazmasi ochildi

“Qadim turk shaharlari” O’zbekiston.

Kuchukchekmeje hokimiyati Sefako’y madaniyat va san’at markazi iste’dodli fotograf Salih Do’g’anning “Qadim turk shaharlari” nomli rasm ko’rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.

Salih Do’g’an ko’rgazmasini san’at muxlislari bilan birgalikda ochdi.

Toshkent, Buxoro, Samarqand tasvirlari namoyish qilingan rasm ko’rgazmasining ochilishida so’zga chiqqan fotograf Salih Do’g’an turk madaniyatining bir tomoni Qut’ul bin Abbos, Amir Temur, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom Maturidiy kabi islom dunyosiga ruh bag’ishlagan O’zbekistonga tayanganligini tilga oldi.

Uning fikricha, mazkur ko’rgazma madaniy merosni kelgusi avlodlarga yetkazish xususida katta ahamiyat kasb etadi.

“Bir davrning muhtashamligi namoyish qilinmoqda”

Ko’rgazmaning ochilishida Kuchukchekmeje hokimining o’rinbosari Mustafo Kuzuguden ham ishtirok etdi. U Kuchukchekmeje tumani madaniyat va san’at bilan hamohang bo’lgan tuman ekanligini tilga olib, ko’rgazmada namoyish qilingan asarlar bir davrning muhtashamligini ko’z o’ngida namoyon qilganligini ifoda etdi.

30 martgacha tomosha qilishingiz mumkin.

Ko’rgazmada O’zbekistonda mashhur bo’lgan islom san’atlari, o’ymakorlik va qo’l san’atlari faoliyatlari bilan bir qatorda, Registon maydoni, Shoxi Zinda, Kalon minorasi, Mir Arab madrasasi, Ark qal’asi, Go’ri Amir maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Imom Buxoriy maqbarasi, Bahouddin Naqshbandiy va Imom Maturidiy kabi madaniy va diniy meroslarning tasvirlari namoyish qilingan.

Ko’rgazma 30 mart kunigacha Kuchukchekmeje hokimiyati Sefako’y madaniyat va san’at markazida davom etadi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar