Xitoyda, “Turk oshxonasi yili” o’z faoliyatini boshladi

Pekinda bir mehmonxonada uyushtirilgan “Turk oshxonasi haftasi” tadbirining ochilish marosimida Turkiyaning Pekindagi elchisi Abdulkadir Emin O’nen, vakolatxona vakillari va ko’pchilik ishtirok etdi.

897120
Xitoyda, “Turk oshxonasi yili” o’z faoliyatini boshladi

“Xitoyda 2018-yil Turkiya turizmi yili” poytaxt Pekinda o’tkazilgan “Turk oshxonasi haftasi” tadbiri bilan 24-yanvar haftaning chorshanba kuni o’z faoliyatini boshladi.

Pekinda bir mehmonxonada uyushtirilgan “Turk oshxonasi haftasi” tadbirining ochilish marosimida Turkiyaning Pekindagi elchisi Abdulkadir Emin O’nen, vakolatxona vakillari va ko’pchilik ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida nutq so’zlagan elchi Abdulkadir Emin Xitoy va Turkiya munosabatining ming yillar oldinga borib tayanganligini va bu munosabatlarda Ipak Yo’lining muhim roli borligini qayd etgan holda, ikkala mamlakatning tarixiy Ipak Yo’lini dengiz va temir yo’llari loyihasi “Bir kamar, bir yo’l” asosida takror bir-biriga bog’lanajagini ta’kidladi.  

Abdulkadir Emin, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Xitoy Davlat rahbari Shi Jinping tomonidan 2018-yilning “Xitoyda Turkiya turizmi yili” deb e’lon qilinganligini ta’kidlab, Xitoy boylab Turkiyaning tanitilishi uchun ko’plab tadbir uyushtirish niyatida ekanliklarini belgilab o’tdi.   

Abdulkadir Emin ikki mamlakat munosabatlarida eng muhim rol o’ynagan tarmoqlardan birining turizmdagi aloqalar va insonlararo munosabat bilan o’zaro hamkorlikni rivojlantirish masalasi ekanligini tilga oldi.

Turkiyaning Pekindagi elchisi Turkiyaning O’rta yer, Egey, Ichki Anado’li, Qora dengiz va boshqa hududlaridagi shaharlarning sanoqsiz tarixiy va diniy makonlarni o’z ichiga olishi, quyosh, qum va sohillari, maqul narx va sifatli xizmati, boy oziq-ovqat madaniyati bilan yana ko’proq xitoylik sayyohlarni mehmon qilishjdan xursand bo’lishini ifoda etgan holda,

“Turkiya Turizmi yili ikki mamlakat o’rtasidagi tarixiy do’stlik munosabatlariga katta hissa qo’shadi” dedi.

Turkiyaning dunyo turizm tarmog’ida 6-o’rinda ekanligini va kelasi yillarda 40 millionga yaqin sayyohga mezbonlik qilishini qayd etgan O’nen, mamlakatning sayyohlarga betakror tarixi, ijtimoiy, madaniy sohalari, tabiat mo’jizalari bilan noyob tajriba taqdim etganligiga e’tibor qaratdi.

O’nen shuningdek, Turkiyaning faqatgina o’tkan yili chet elga sayohat qilgan 120 million Xitoy fuqarosi uchun betakror turizm tajribasi taqdim etishi mumkinligi haqida ham gapirdi.

Turkiya turizmi yilining eng katta tadbiri Prekinda, 19-mart kuni uyushtiriladigan tadbir orqali bo’lib o’tadi.  

 

 



Aloqador xabarlar