Makedoniyaning eng qadimiy “Vevchani karnavali” bugun o’z nihoyasiga yetadi

Makedoniyaning eng qadimiy karnavali hisoblangan "Vevchani karnavali" bugun maskalarning yoqilishi bilan o’z nihoyasiga yetadi.

887878
Makedoniyaning eng qadimiy “Vevchani karnavali” bugun o’z nihoyasiga yetadi

Makedoniyaning eng qadimiy karnavali hisoblangan Vevchani karnavali tantanali ravishda davom etmoqda.

Roppa-rosa 400 yillik o’tmishi borligiga ishonilgan karnavalda ishtirokchilar, maska va kostyumlar bilan oxirgi bir yil ichida Makedoniyada va che telda yuz bergan dolzarb voqealarga e’tibor qaratmoqda.

Karnavalning ochilish marosimida nutq so’zlagan Makedoniyaning Madaniyat vaziri Robert Alagyozovski, karnavaldagi maskalarning hukumatning yangi siyosatlariga ham to’xtalganligini ifoda etdi.

Aytib o’tish joizki maska va kostyumlar orqali Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump va Arab shayxlariga ham o’rin berilar ekan, Makedoniya va mintaqadagi voqealarga ham e’tibor qaratildi.

Ikki kun davom etgan karnaval bugun maskalarning yoqilishi bilan o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar