O‘zbekistonda turk seriallariga qiziqish katta...

Shu kunlarda turk telekanallari orqali tilga tushgan “Kara Sevda” seriali o‘zbek tilida “Sevgi iztiroblari” nomi bilan O’zbekiston telekanallarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

874685
O‘zbekistonda turk seriallariga qiziqish katta...

O‘zbekistonda turk seriallari namoyishi boshlandi.

Hozirda O’zbekiston telekanallarida efirga uzatilayotgan turk seriallari sevib tomosha qilinmoqda.

Turk seriallarining o’zbeklar tomonidan sevib tomosha qilinishining sababi voqeaning kundalik hayotdan olingani, qolaversa o’zbeklar madaniyati va tushuncha tarziga mos ekanligidadir.

Shu kunlarda turk telekanallari orqali tilga tushgan “Kara Sevda” seriali o‘zbek tilida “Sevgi iztiroblari” nomi bilan O’zbekiston telekanallarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

Bundan tashqari, “Muhtasham yuz yil-Ko’sem” , “Ezo”, “Ichkarida”, “Sevgi gap uqmaydi”, “Bir Istanbul masali” kabi seriallar o’zbek tomoshabinlar tomonidan sevib tomosha qilinmoqda.

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan shu paytga qadar “Osiyo”, “Arg‘uvonlar ostida”, “Achchiq yolg‘on”, “Zerda”, “Ishkomli uy”, “Kumush”, “Qashqirlar galasi”, “Hayot bog’lari”, “Xinali qor” singari turk seriallari o‘z tomoshabinlarini topgan va katta qiziqish bilan kutib olingan edi.

 



Aloqador xabarlar