Bugun butun dunyoda “Muhojirlar kuni” nishonlanmoqda

Turkiya Suriyada boshlagan ichki urushning birinchi kunidan e’tiboran ochiq darvoza siyosatini yo’lga qo’ygan holda, millionlab Suriya fuqarosini bag’riga bosdi.

870873
Bugun butun dunyoda “Muhojirlar kuni” nishonlanmoqda

Suriyada 2011-yili boshlagan ichki urush ortidan millionlab inson o’z uy-joylarini, o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’ldi.

Turkiya Suriyada boshlagan ichki urushning birinchi kunidan e’tiboran ochiq darvoza siyosatini yo’lga qo’ygan holda, millionlab Suriya fuqarosini bag’riga bosdi.

Bugungi kunda roppa-rosa 3 million 381 ming suriyalik uchun Turkiya xavfsizlik ichida jon saqlagan ikkinchi vatan hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra dunyoda 244 million kishi muhojir statusida umr surmoqda.

Bu vaziyat Ikkınchi Jahon urushi ortidan yuz bergan eng yirik ikkinchi muhojirlik masalasi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turkiya janubiy chegaradagi tinchsizliklar yuzasidan oxirgi yillarda dunyoda eng ko’p muhojir qabul qilgan davlatlardan biriga aylandi.

Turkiyadagi Ochiq darvoza siyosati orqali suriyaliklar mamlakatda Vaqtinchalik Himoya statusida mehmon qilindi.

Shu doirada bugungi kunda roppa-rosa 3 million 381 ming suriyalik uchun Turkiya xavfsizlik ichida jon saqlanadigan ikkinchi vatan hisoblanadi.

Turkiyada 229 ming Suriya fuqarosi mamlakatning 10 ta viloyatida tashkil topgan 21 ta boshpana markazida istiqomat qilmoqda.

U yerda ta’limdan boshlab, sog’likni saqlash tarmog’icha suriyaliklarning turli ehtiyojlari qondirilmoqda.

Turkiyada ta’lim olgan chet ellik o’quvchilarning yarmidan ko’pi suriyalik bolalardan iborat.

Vaqtinchalik ta’lim markazlari, davlat va xususiy o’quv markazlari jami 612 ming bolaga xizmat ko’rsatmoqda.

Suriyaliklar Turkiyada yangi hayotlarini boshlatgan bo’lsalar da o’z yurtlariga qaytish kunini to’rt ko’z bilan kutmoqda.

 



Aloqador xabarlar