Koniyada Mavlono Jaloliddin Rumiy xotirlanmoqda

17 dekabr kuni uning o'lim  kuni  bo'lib  hisoblanadi. Rumiyning o'zi vasiyat qilganindek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha  Alloh bilan uchrashuv ya’ni "vuslat" kunidur.

869954
Koniyada Mavlono Jaloliddin Rumiy xotirlanmoqda

Bugun Mavlono Jaloliddin Rumiy vafotiga 744 yil to'ldi.

Shu munosabat bilan Turkiyaning Koniya shahrida Mavlono Jaloliddin Rumiyni xotirlash maqsadida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.

Mavlono Jaloliddin Rumiy 13-asrning buyuk faylasufi, jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri.

Jahon bo'ylab tanilgan bu shaxsiyat 1207 yili Balx shahrida tug'ilib, 1273 yilda Konya shahrida vafot etgan.

17 dekabr kuni uning o'lim  kuni  bo'lib  hisoblanadi. Rumiyning o'zi vasiyat qilganindek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha  Alloh bilan uchrashuv ya’ni "vuslat" kunidur.

Ushbu kun "Shab'i-Aruz" deb nomlanadi. Har yili 17 dekabr kuni dunyoning har tomonidan turli dinga mansub Mavlono shaydolari Konya shahriga kelib "Shab'i-Aruz" marosimlariga qatnashadilar.

Alisher Navoiy “Ustozlar ustozi” deb sharaflagan Mavlononi hurmat bilan yodga olamiz.



Aloqador xabarlar