2017-yilgi Nobel mukofatlari kecha o’z egalariga topshirildi
Kecha 10-dekabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 2017-yilning fizika, tibbiyot, kimyo, adabiyot va iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Kecha 10-dekabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 2017-yilning fizika, tibbiyot, kimyo, adabiyot va iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Mukofatlar o’z egalariga Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav tomonidan taqdim etildi.
Shu doirada 2017-yilgi Nobel mukofati sovrindorlari: Kip S. Thorne, Rainer Weiss va Barry C. Barish (fizika); Jacques Dubochet, Joachim Frank va Richard Henderson (kimyo); Michael W. Young, Michael Rosbash va Jeffrey C. Hall (tibbiyot); Richard H. Thaler (iqtisodiyot); Kazuo İsiguro (adabiyot).
Nobel mukofati sovrindorlariga diplom va Nobel medalidan tashqari 9 million shved kronasi (qariyb 900 ming yevro) ham taqdim etildi.
Aytib o’tish joizki tinchlik bo’yicha Nobel mukofatini qo’lga kiritgan Yadroviy qurolni taqiqlash bo’yicha xalqaro kompaniya (ICAN) esa o’z mukofatini 9-dekabr kuni Norvegiya poytaxti Osloda olgan edi.