Turkiyada bugun “Inson huquqlari kuni” nishonlanmoqda

Har yili bo’lganidek bu yil ham 10-dekabr butun dunyoda Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanmoqda.

865212
Turkiyada bugun “Inson huquqlari kuni” nishonlanmoqda

Har yili bo’lganidek bu yil ham 10-dekabr butun dunyoda Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanmoqda. “Dunyodagi barcha odam bolasi erkin va teng huquqga ega” degan fikrdan yo’lga chiqqan holda 1948-yilning 10-dekabri kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilindi. Turkiya ushbu deklaratsiyani 1949-yilning aprel oyida tasdiqladi. Shu bois ham dunyoda bo’lganidek Turkiyada ham har yili 10-dekabr “Inson huquqlari kuni” deb nishonlanib kelmoqda. Inson huquqlari kunining dunyo miqyosida nishonlanib kelinishi albatta, inson huquqlariga alohida e’tibor berilishining ortishi orqali ham amalga oshdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ikkinchi jahon urushi chog’idagi ochko’z diktatorlarning dunyoni jar yoqasiga olib kelishi, millionlab odam bolasining urush, badarg’a, qatliom kabi dahshatli voqealarga duch kelishiga yo’l ochishi inson huquqlarining xalqaro tashkilotlar tomonidan kafolat ostiga olinishini ta’minladi. Bugungi kunda ham Ikkinchi jahon urushidek keng ko’lamli bo’lmasa ham Iroq, Suriya kabi mamlakatlarda yuz bergan to’qnashuvlar ochiq-oydin inson huquqlarini paymol qilmoqda va bu vaziyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan to’xtatilishga harakat qilinmoqda. O’ylaymizki dunyoning qaysi nuqtasida bo’lishidan qat’iy nazar to’qnashuv va terror tashkiloti qo’l urgan dahshatli voqealar to’xtatilib, inson huquqlari himoya qilinadi.  

 



Aloqador xabarlar