“Ayla” kinofilmi 2.3 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilindi

Vazirlik bergan ma’lumotiga ko’ra 2017-yili eng ko’p tomosha qilingan 10 ta kinofilmdan 6 tasi mahalliy kinofilmlardandir.

850454
“Ayla” kinofilmi 2.3 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilindi

Kinofilm sektorida tomoshabinlar soni bu yilning 46 haftasi davomida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga ortib, 58.6 millionga yetdi.

Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi Kino Bosh direktorligi ma’lumotiga ko’ra chiptalar kassasida o’tgan yilning 46 haftasi davomida 48 million 325 ming 641 ta chipta sotilar ekan bu yilning 46 haftasi davomida 21 foizlik ortish bilan sotilgan chiptalar soni 58 million 680 ming 14 ga yetdi.  

Vazirlik bergan ma’lumotiga ko’ra 2017-yili eng ko’p tomosha qilingan 10 ta kinofilmdan 6 tasi mahalliy kinofilmlardandir.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan va Koreya urushiga qatnashgan kichik ofitser Sulaymon bilan koreyalik Aylaning boshdan kechirgan haqiqiy voqealari haqidagi “Ayla” nomidagi kinofilm tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinishining uchinchi haftasida 2.3 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilindi.

“Ayla” kinofilmining 2017-yilning eng ko’p tomosha qilingan ikkinchi kinosi bo’lishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar