Turkiyaning Trabzon viloyatida Xalqaro kinofil’m festivali o’tkazilmoqda

“Sport va yoshlik” mavzuiga bag’ishlangan festival doirasida Otaturk maydonidan Zagnos vodiyigacha parad namoyishi o’tkazildi.

791688
Turkiyaning Trabzon viloyatida Xalqaro kinofil’m festivali o’tkazilmoqda

Turkiyaning Trabzon viloyatida Xalqaro kinofil’m festivali o’tkazilmoqda.

Trabzon hokimiyati tomonidan qo’llab quvvatlangan festival Istanbul-Trabzon federatsiyasi va Anadolu ta’lim va madaniyat jamiyati hamkorligida tashkil qilindi.

“Sport va yoshlik” mavzuiga bag’ishlangan festival doirasida Otaturk maydonidan Zagnos vodiyigacha parad namoyishi o’tkazildi.

Paradda turk kinofil’m ijodkorlari va aktyorlar ham ishtirok etdi.

Zagnos vodiyida o’tkazilgan festivalda xalq o’yinlari guruhi va Trabzon shahar hokimiyati qoshidagi Mehter guruhi o’z mahoratini namoyish qildi.

Ma’ruzalardan so’ng, Zagnos vodiyida ochiq maydonda tashkil qilingan ulkan ekranda hindistonlik rejissyor Amir Xon tomonidan tasvirga tushirilgan “Dangal” nomli fil’m namoyish qilindi.



Aloqador xabarlar