Bugun barcha gullar "ONAJONLAR" uchun!

Butun dunyoda bugun “Onalar kuni” keng nishonlanmoqda. Shu jumladan Turkiyada ham.

731812
Bugun barcha gullar "ONAJONLAR" uchun!

Butun dunyoda bugun “Onalar kuni” keng nishonlanmoqda. Shu jumladan Turkiyada ham.

Onalar kuni 1914-yildan beri nishonlanib kelmoqda. U eng avvalo Amerikada, ortidan esa dunyoning to’rt burchagida nishonlana boshladi va vaqt o’tishi bilan an’anaga aylanib ketdi.

Bu esa bizning dunyoga kelishimizni roppa-rosa 9 oy orziqib kutgan; biz dunyoga kelgach bizning sog’lom voyaga yetishimiz uchun qo’lidan kelishicha hormay-to’lmay mexnat qilgan aziz onajonlarimizni hurmat va ehtirom ila yodga olishimiz uchun aslida bir imkon hisoblanadi. Shunday ekan keling shu fursatdan foydalanib ularni ziyorat qilishni, ular ko’nglini olishni, ular bag’rini kuchishni kanda qilmay, ular tomon chopa qolaylik.  

Jannat onalarning oyoqlari ostidadir. Barcha-barcha onajonlarimizning bugungi bayrami Muborak bot bo’lsin azizlar!


Tanlangan kalimalar: #Onalar kuni , #Bayram , #Turkiya

Aloqador xabarlar