Ayasofiya muzeyi ijtimoiy tarmoqda, eng ko’p o’rtoqlashilgan fotosuratlar ro’yhatidan o’rin oldi

Gollandiyaning “TravelBird” sayti o’zining instagram sahifasi orqali “xeshteg” yordamida eng ko’p o’rtoqlashilgan makonlar fotosuratini toplar ekan ro’yhatda Turkiyadan Ayasofiya muzeyi ham o’rin oldi.

730973
Ayasofiya muzeyi ijtimoiy tarmoqda, eng ko’p o’rtoqlashilgan fotosuratlar ro’yhatidan o’rin oldi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Ayasofiya muzeyi, 473 mingdan ortiq marotaba xeshteg qilib ishlatilganligi ma’lum bo’ldi.

Gollandiyaning “TravelBird” sayti o’zining instagram sahifasi orqali “xeshteg” yordamida eng ko’p o’rtoqlashilgan makonlar fotosuratini toplar ekan ro’yhatda Turkiyadan Ayasofiya muzeyi ham o’rin oldi.

Ro’yhatning birinchi qatorida Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi mashhur Disneyland ko’ngilochar bog’i o’rin olgan. 

Roppa-rosa 14 million 600 ming marotaba xeshteg qilingan Disneylandning ortidan, Fransiya poytaxti Parijdagi, mamlakatning ramzi sifatida tanilgan Eyfel minorasi ikkinchi qatorda ro’yhatga kiritilgan.

Ro’yhatdagi 470 makon orasiga Turkiyadan faqatgina Ayasofiya muzayi kiritilgan.  

Ayasofiya 473 ming 193 xeshteg bilan ro’yhatning 43-qatorida o’rin olgan.

Ro’yhatda Mayami qirg’og’idan Berlin devoriga, Londonning mashhur “Big Ben” soatidan Nyu-Yorkning mashhur Times maydonigacha ko’plab turistik makonlar o’rin olgan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar